Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlarida turar joylar, sanoat zonasidagi loyihalar qurilishi bilan tanishildi.
Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlarida turar joylar, sanoat zonasidagi loyihalar qurilishi bilan tanishildi.
Kuni kecha ishchi guruhi Jarqo‘rg'on tumanining "Qorayontoq" mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilishi bilan tanishdi. Mutasaddilar tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni taqdimot qildilar.
Shunindek, Termiz tumani, "Ayritom" mahallasida joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi” hududida qurilayotgan loyihalar bilan tanishildi. Umumiy 54 gektar maydonga ega EIZda energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa turdagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyat mutasaddilari qurilish ishlarini jadallashtirish, taklif etilayotgan loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi.