Jizzax shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tmoqda
Ayni damda Jizzax shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Jizzax viloyati qurilish Bosh boshqarmasi, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat shtabi hamkorligida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasining tadbirkorlar uchun qulayliklari va elektron bozorda samarali raqobatlashishning keng imkoniyatlari haqida ishtirokchilarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yigʻilish savol-javoblar, munozara va foydali muzokaralarga boy oʻtmoqda.
Platformaga tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Elektron raqamli imzo” orqali roʻyxatdan oʻtib, qurilish resurslari boʻyicha texnik maʼlumotlar va narx parametrlari xususiyatidagi eʼlonlarni joylashtirish imkoniyati mavjud.
https://catalog.tmsiti.uz/classifier
Hududlar bo'ylab tashviqot ishlari davom etadi.