UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

"Ko'p kvartirali uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida  matbuot anjumani

Hozirgi kunda barcha sohada bo‘lgani kabi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Respublikada 1,4 mln dan ortiq  xonadondan iborat  42 072 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida ta’mirlash rejalashtirilgan. 
Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 149 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi.

Mazkur ishlarni tashkil etish uchun boshqaruv tashkilotlarning imkoniyati yetarli. Chunki ularda 17 mingdan ortiq zarur texnika va uskunalar, 12 mingga yaqin  ishchi-xodimlari mavjud. 

Joriy yilning bugungi kuniga qadar boshqaruv organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarga 692 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va 512 mlrd so‘m majburiy badallar undirildi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan 4 978 ta uylar ta’mirlandi.

Jumladan:
- 1 825 ta uyning 356 ming metr kv tom qismi;
- 3 792 ta kirish yo‘laklari;
- 1 466 ta uyning yerto‘lasi va ichki muhandislik tarmoqlari;
- 670 ta uyning fasad qismi;
- 3 532 ta elektr taqsimlovchi shitlar ta’mirlandi.
- 1 006 ta temir eshik va  1 231 ta kodli qulflar, 6 ming kv.m  framuga oyna romlari o‘rnatildi.


Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ko‘p kvartirali uylarning elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratdik.

Hududiy hokimliklar, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalari bilan hamkorlikda respublikadagi 39 334 ta uylarning 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obektlarini xatlovdan o‘tkazib, “qizil” “sariq” “yashil” toifalarga ajratildi va “qizil” toifadagi 100 mingdan ortiq shitlar mukammal ta’mirlandi.

Mavjud ko‘p kvartirali uylarning 25 694 tasi ya’ni 1 mln 49 mingta xonadonlar markazlashgan va individual issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan. Ushbu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil etadi. 

Aholini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturlari doirasida zamonaviy qozonxonalar qurish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda 15 ta obyektda 9 ta qozonxona va 55 km issiqlik tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. 

Bunda 4 ta obyektlarda 3 ta qozonxona va 17 km issiqlik tarmoqlari yangidan qurildi, 10 ta obyektlarda 7 ta qozonxona va 38 km issiqlik tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilib, hududlardagi 19 mingdan ortiq xonadondan iborat 611 ta ko‘p qavatli uylar va 58 ta ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik energiyasi ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 20 ta obyektlarda 12 ta qozonlar o‘rnatish va 64 km issiqlik tarmoqlari quramiz. 

Loyihalar natijasida 20 mingdan ortiq xonadonlardan iborat 395 ta ko‘p qavatili uylar va 28 ta ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mavjud issiqlik ta’minoti obyektlari va uskunalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 20 ta qozon va 69 km issiqlik tarmoqlari mukammal, 564 ta qozonlar va 364 km issiqlik tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.


Ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini soz holatda saqlash doimiy e'tiborimizda.

Respublikadagi 4 427 ta ko‘p kvartirali uylarda 11 428 ta lift uskunalari mavjud. Liftlarning 11 070 tasi odam tashishga, 358 tasi yuk tashishga mo‘ljallangan.

Joriy yilda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi 376-sonli qaroriga asosan 528 ta lift uskunalarini 187 mlrd so‘m mablag‘ evaziga yangilash rejalashtirilib, 121 mlrd so‘m mablag‘lar hisobidan 290 ta liftlari yangilandi. Yil yakuniga qadar tasdiqlangan reja-grafik asosida rejalashtirilgan ishlar to‘liq yangilanadi.