Ko'p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Xabar berib kelayotganimizdek, respublikamizning barcha hududlarida ko'p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Samarqand shahridagi uylarga xizmat ko'rsatuvchi "Kommunal obod servis" BSK tomonidan "Hunarmandlar" mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylar atrofidagi bolalar maydonchalari ta'mirlanmoqda.
Shuningdek, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi "Nurli yoʻl 777" boshqaruv tashkiloti tomonidan Baxtli hayot koʻchasidagi 1-uyda ham ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Kirish yoʻlaklarida pardozlash ishlari olib borilib, nosoz holatga kelgan elektr shitlaridagi nuqsonlar bartaraf etilyapti.