Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida 2025-yilning 21-aprel sanasida Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni mazmun-mohiyati, shuningdek, qurilish sohasida korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish va kamchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov, QR prokuraturasi bo‘lim prokurori S.Uzaqbergenov, QR qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazir o‘rinbosari A.Urazimbetovlar ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.


