Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda
Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Olmaliq shahridagi “Nurxon” 555 BSK tomonidan Furqat mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal taʼmirlandi. Shuningdek, Ipak yo‘li ko‘chasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning isitish tizimidagi quvurlar yangisiga almashtirildi.
Jumladan, Bekobod tumani “Guliston” mahallasidagi 14-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi joriy taʼmirdan chiqarildi.
Piskent tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “MMM servis boshqaruv” MCHJ tomonidan “Mo‘minobod” mahallasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan 172 va 174-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal taʼmirlandi. Bundan tashqari yo‘laklarga beton qoplamasi yotqizildi. Maʼlumot o‘rnida, mazkur MCHJ hozirda 36 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadi.