Liftlarning xavfsizligini ta'minlash eng muhim vazifadir!
Yo‘lovchilar xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash maqsadida yurtimizda axborot texnologiyalarini keng jalb qilgan holda lift uskunalaridan foydalanish jarayoni puxta tahlil qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-oktabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan liftlar xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq lift uskunalari (mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan yoki chetdan keltirilgan) quyidagi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan bo'lishi shart:
- kabinaning uzluksiz video kuzatuvini ta'minlovchi va favqulodda vaziyatlarda liftni masofadan boshqarish imkonini beruvchi qurilma bilan;
- ARD qurilmasi bilan (Automatic Rescue Device - Favqulodda energiya tizimi) - bu tizim liftni eng yaqin qavatga yetkazish va favqulodda vaziyatlarda (zilzila, yong'in, elektr energiyasining uzilishi) eshikni ochish imkonini beradi;
- dispetcherlik markazi bilan aloqa qurilmasi hamda har bir kabinada liftning to'g'ri ishlash qoidalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda qo'ng'iroq qilish uchun dispetcherlik raqamlari bo'lishi lozim.
Mazkur o'zgartirishlar 2024-yil 1-martdan kuchga kirdi.