UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Malaka oshirish professional faoliyat istiqbolini belgilaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qo’ldoshev davlatimiz rahbarining 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida respublikaning qator hududlarida bo’lib, qurilish va uy-joy kommunal sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar o’tkazib kelmoqda.

 Bugun ana shunday uchrashuvlarning biri Navoiy viloyatida bo’lib o’tdi. Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi xodimlari, hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, "Yagona buyurtmachi xizmati" IK, pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari, ko’p kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari bilan o’tkazilgan uchrashuvda mutaxassislarni o’qitish, malakasini oshirish, zamonaviy talablar asosida yangi kónikmalarni shakllantirish zarurati xususida so’z bordi. 

Muloqot chog’ida institutda  mutaxassislarni sertifikatlash uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bo’yicha yig’ilganlarga batafsil tushuncha berildi. 

- Biz bugun sohada raqobatbardoshlilikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni sohaga jalb etish orqali samaradorlikka erishish yo’nalishlarini rivojlantirish maqsadida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqdik. Proffesorlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda amaliyotda yirik tajribaga ega o’qituvchilar barcha zarur talablar asosida tinglovchilarimizga dars jarayonlarini o’tkazib kelmoqda. Ta’kidlash lozimki, institut tomonidan tashkil etilgan kurslarda ta’lim olib, siz faoliyatingizda yangi qadam tashlagan bo’lasiz, - dedi A.Qo’ldoshev. 

Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.