UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan provayder kompaniyalarning jamoaviy murojaatiga asosan yig’ilish o’tkazildi

Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan provayder kompaniyalarning jamoaviy murojaatiga asosan yig’ilish o’tkazildi. 

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Departamenti boshlig’i Obidjon Mo’minov ham ishtirok etdi.

Yig’ilishda ko’p qavatli uylarda internet provayderlari hamda boshqaruv organlari o’rtasida uchrayotgan muammoli holatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Eng muhimi internet tarmoqlari ko’p qavatli uylarning tashqi qiyofasi va xavfsizligiga ta’sir etmasligi, tartibsiz holatlar oldi olinishi lozimligi qayd etildi.

- Ko’p qavatli uylar murakkab muhandislik tarmoqlaridan iborat tizim va unda har xil holatlar kuzatilishi mumkin. Yerto’lalar va fasad qismidan o’tgan tartibsiz tarmoqlar esa shoshilinch ish jarayonlarida mutaxassislarga qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, - dedi O.Mo’minov.

Yig’ilish so’ngida mavjud holatlarni qonunchilikda belgilangan talablar asosida eng muhimi aholining xavfsizligini ta’minlash hisobiga bartaraf etishga kelishib olindi.