MSK faoliyati o’rganildi
Bugun aholining maishiy ehtiyojlarini to’liq ta’minlash, mahallalarida kompleks xizmatlarni tashkil etish orqali ularga qator qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Zero, shiddat bilan rivojanayotgan zamon aholiga uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirishni taqozo etadi.
Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish tizimida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan aholiga ko’rsatib kelinayotgan 40 dan ortiq qo’shimcha servis xizmatlarni ko’rsatish tajribasi endilikda yakka tartibdagi uylar joylashgan mahallalarga ham joriy etilmoqda. Shu ma’noda mahalla servis kompaniyalari tashkil etilib, hududlarda nafaqat obodlik, balki aholining og’irini yengil qilishga xizmat qiladigan qo’shimcha servis xizmatlar yo’lga qo’yilmoqda.
Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida joylashgan ana shunday mahalla servis kompaniyasi faoliyatini yaqindan o’rgandi.
Xususan, “G’alaba” mahalla servis kompaniyasining yangi qurib bitkazilgan binosi, yaratilgan sharoitlar, qo’shimcha servis xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatlari hamda bog’i ko’zdan kechirildi.
- Davlatimiz rahbari bugun har bir o’zbekistonlik munosib sharoitlarda yashashi, ravnaq topishi lozim, degan ezgu g’oyani igari surmoqdalar. Shu ma’noda bugun chekka hududlarda ham odamlarning turmush darajasini ko’tarish, birlamchi ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Har bir boshlangan ish, albatta mas’uliyat orqali mustahkamlanib, rivojlanib boradi. Shunday ekan bu boradagi ishlarimizni jadallashtirishimiz lozim, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
MSK da bugungi kunda 30 ga yaqin qo’shimcha servis xizmatlar tashkil qilingan bo’lib, hududlar obodligi, saranjom-sarishtaligi uchun mas’ullar belgilangan.