UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT (A.Xoʻqandiy mavzesidagi 50-sonli koʻp qavatli turar-joy binosi)

Ijtimoiy tarmoqlarda A.Xoʻqandiy mavzesidagi 50-sonli koʻp qavatli turar-joy binosi yon tomonida olib borilayotgan yengil tipdagi qurilish ishlari haqidagi xabarlar Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda quyidagilar maʼlum boʻldi:

Obyektni oʻrganish jarayonida fuqaro S.Soliyev tomonidan Qoʻqon shahar hokimligi tomonidan tasdiqlangan taklif loyihaga asosan qurilish ishlari boshlaganligi aniqlandi. Mazkur taklif loyiha qurilishi uchun asos boʻlmasligi hamda olib borilayotgan qurilish ishlari noqonuniy ravishda boshlanganligi fuqaroga tushuntirildi. Xususan, mazkur holat yuzasidan S.Soliyevning hozirgi kunda olib borayotgan qurilish ishlari oʻz hisobidan bartaraf etilishi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirildi.