UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Yangi Namangan tumanida buyurtmachi “Shabnam betakror qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar joy binosida monitoring oʻtkazildi.

Ma'lum bo'lishicha, obyektda ishchi loyiha smeta hujjatlari uchun davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi olinmagan hamda inspeksiya roʻyxatidan oʻtmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilgan.

Holat boʻyicha quruvchi tashkilot vakillariga tegishli talab va majburiyatlar tushuntirilib,  obyektni 10 kun muddatda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan ogohlantirish berildi.