UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni"  tashkil etilidi

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni"  tashkil etilidi.

Jarayonda qurilishni nazorat qilish va unga tayyorgarlik koʻrish ishlari, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish,  obyektni foydalanishga qabul qilib olish davrida qonun hujjatlari hamda SHNQ talablariga rioya etilishi yuzasidan malakali  mutaxassislar tomonidan talabalarga tushunchalar berildi.

Shu bilan bir qatorda ishtirokchilarga inspeksiya boʻlimlarining faoliyati, laboratoriyada armatura sterjenlarining choʻzilishga mustahkamligini aniqlash, sopol gʻishtlarning siqilishga chidamliligini tekshirish jarayonlari amaliy tarzda  koʻrsatib berildi.