Namangan viloyatida aholi bandligini ta'minlashga hissa qo'shilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoyishi asosida mahallalarda tomorqadan samarali foydalanish, aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish bo'yicha ishlar jadallashtirilmoqda.
Shu maqsadda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi "Navbahor", "Nurobod", "O'rta Rovuston" va "Davlatobod" mahallalarida mikroloyihalar amalga oshirilyapti. Ular budjetdan tashqari mablag'lar hisobidan moliyalashtirilmoqda.
Loyihalar doirasida ishsiz fuqarolarga chok mashinalari va motokultivatorlar topshirildi. Bu texnik vositalar ularning tomorqasida dehqonchilik bilan shug'ullanishi hamda daromad topishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Shuningdek, kambag'al va nogironligi bo'lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni ish bilan ta'minlash rejalashtirilgan. Umumiy hisobda 60 nafar ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko'rsatiladi.