Navoiy shahri "Yoshlik" MFY hududida qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosi inspeksiya xodimlari tomonidan o'rganildi
Navoiy shahri "Yoshlik" MFY hududida buyurtmachi "Qiziltepa beton qurilish montaj servis” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosi inspeksiya xodimlari tomonidan o'rganildi.
Monitoring davomida quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- 4-sonli uyning 5-qavatida parda devor terish ishlari "Zilzilaviy hududlarda qurilish" talablariga rioya qilinmagan holda bajarilgan;
- o’zak beton karkaslari loyiha talabidan chetlangan holda yasab o’rnatilgan;
- 5-qavat seysmik kamar karkaslarida burchak bog’lanishlari loyiha talablar asosida bajarilmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, sifatsiz g'isht terish ishlari joyida demontaj qilindi hamda qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.