Navoiy viloyatida sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda
Navoiy viloyatida sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda
Xususan, hududiy inspeksiya xodimlari buyurtmachi “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qurilayotgan Muruntov 500/220 kw nimstansiyasining qurilish jarayonini o'rganishdi.
Natijada obyektning tarmoq kabellari uchun quyilgan quyma temir beton ishlari sifatsiz bajarilganligi va qurilish materiallarining sertifikatlari nazorat davri mobaynida to'liq yuritilmagani ma'lum bo'ldi .
Ushbu qoidabuzarliklar bo'yicha buyurtmachi-pudrat tashkilotining texnik va ichki nazoratchilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan beton ishlari buzdirildi.