UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Nazorat qilish inspeksiyasida inspeksiya rahbari S.Eshquvvatovning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi

Bugun haftaning juma kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida inspeksiya rahbari S.Eshquvvatovning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator masalalar, jumladan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda oʻzboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi kabi murojaatlar bildirildi.

 Barcha murojaatlar qabul qilinib, har biri inspeksiya vakolati doirasida atroflicha oʻrganilishi va belgilangan qonuniy tartibda hal etilishi, shu bilan birga joyiga chiqib oʻrganish talab etiladigan holatlar boʻyicha aniq muddatlar  belgilandi.

Inspeksiya rahbari tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislarga aniq vazifalar yuklatilib, muammolarni hal etish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi. Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bevosita rahbar nazoratiga olindi.