UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Nurobod tumanida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Nurobod tumanida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

Unda sohaga mas'ullar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda tumandagi 102 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 2308 ta xonadon mavjud bo‘lib,  99 ta ko‘p xonadonli uy-joylar markazlashgan, ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlariga ulangan bo‘lsa, shundan 90 tasi markazlashgan issiqlik va issiq suv tarmog‘iga ulangan. Qolgan 9 ta yangi loyihadagi ko‘p kvartirali uy-joylar individual isitish tizimlariga ega.

“Nur sifat kommunal xizmati” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarning tutash hududlarini tozalash, hududni chiqindilardan holi hududga aylantirish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.

Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mening uyim” billing tizimi ishga tushirilib, fuqarolar majburiy badal to‘lovlarini mobil ilovalar orqali onlayn amalga oshirishlari mumkin.

Joriy yilda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Nur sifat kommunal xizmati” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 8 ta ko‘p qavatli uyning 2600 kv.metr tom qismi, 7 ta ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta'mirlandi. 7 ta uyning kirish yo‘laklariga kodli-qulfli temir eshiklar o‘rnatildi. Shuningdek, 9 ta ko‘p qavatli uyning  1000 kv.m yo‘laklarini betonlash hamda yerto‘la va uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Press-turda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob oldilar.