UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

O'zbekiston va Xitoy kommunal sohani rivojlantirishda hamkorlik qiladi

 Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. 

Tashrifning ilk kunida vazirlik mutasaddilari Xitoy uy-joy, shahar va qishloq qurilish vaziri Ni Xun boshchiligidagi mas’ullar bilan uchrashdilar. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona va strategik ahamiyatga ega munosabatlarning rivojlanib borayotgani va bu sohalardagi hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli ekanligi ta’kidlandi.

-  Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda "Yangi O‘zbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish jarayonida bunyodkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlarni raqamlashtirish, energiya samaradorligi texnologiyalarini joriy etish va shahar muhitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, suv ta’minoti sifatini yaxshilash, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va sohalarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha salmoqli loyihalar olib borilmoqda, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aholisining yiliga qariyb 1 million nafarga ko‘payishi uy-joy qurilishiga bo‘lgan talabni orttirayotgani ta’kidlandi. 

Tadbirda aytib o'tilganidek, Xitoy shaharlarni rivojlantirish, keng ko‘lamli infratuzilma obyektlarini qurish, yashil texnologiyalarni joriy qilish va shahar xo‘jaligini samarali boshqarish borasida boy tajribaga ega. Xitoy uy-joy, shahar va qishloq qurilish vaziri Ni Xun mazkur yo‘nalishlarda mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

O‘zaro do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot yakunida tomonlar har tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.