"O'zshaharsozlik LITI" DM bosh loyiha institutida Xitoy Xalq Respublikasining qurilish va loyihalash sohasida faoliyat ko'rsatuvchi yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida konferensiya bo'lib o'tdi
Bugun "O'zshaharsozlik LITI" DM bosh loyiha institutida Xitoy Xalq Respublikasining qurilish va loyihalash sohasida faoliyat ko'rsatuvchi yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida konferensiya bo'lib o'tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi qurilish va loyihalash sohasida o'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat.
Konferensiya davomida qatnashchilar dastlab "O'zshaharsozlik LITI" DMning tarixi bo'yicha tashkil etilgan muzey faoliyati bilan tanishdilar.
Shuningdek, yig'ilish davomida Xitoy kompaniyalari vakillari o'z faoliyatlari bo'yicha taqdimot o'tkazdilar. Shundan so'ng shaharsozlik hujjatlarini loyihalash va qurilish sohasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar.
Tadbir yakunida mamlakatlar o'rtasida hamkorlik loyihalari, undagi ikki tomonlama manfaatli dasturlar muhokama qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.