UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Ommaviy sayyor qabul Sergeli tumanida o’z ishini boshladi

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining topshirig’iga asosan hududlarda 22 ta tashkilot mutasaddilaridan tarkib topgan Respublika ishchi guruhi ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil qilib kelinmoqda. 

Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarining aholisi uchun bo’lib o’tayotgan qabulda fuqarolarning qurilish va kommunal sohasiga doir murojaatlari bilan ham faol ishlanmoqda.

Xususan, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati, asossiz qarzdorlik, noqonuniy qurilma va boshqa mavzularda fuqarolarning muammolarini qabul qilmoqda.

Hozirga qadar 7 ta murojaat qabul qilindi. Jumladan, aholi murojaati asosida Yangihayot tumanidagi 70 ga yaqin uyga xizmat ko’rsatuvchi “Bunyodkor” BSK faoliyati ustidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha tezkor ishchi guruhi tuzilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.