UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI HAMDA 2024-YILGA MOʻLJALLANGAN DAVLAT DASTURI VA MAQSADLI DASTURLAR IJROSINING BORISHINI MUHOKAMA QILISHGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BOSHLANDI

Koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yoʻnalishidagi vazifalar quyidagilardan iborat.
  
Vazirlar Mahkamasining 6-iyuldagi 388-son qaroriga muvofiq joriy yilda 5 409 ta koʻp kvartirali uylarni taʼmirlab kuz-qish mavsumiga tayyorlash zarur. Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 149 mlrd.soʻm mablagʻlari jalb qilinadi.

Bugungi kunda boshqaruv organlarida 17 mingdan ortiq zarur texnika va uskunalar, 12 mingga yaqin ishchi-xodimlar mavjud. Hisobot davrida boshqaruv organlari tomonidan koʻp kvartirali uylarga 613 mlrd.soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan va 424 mlrd.soʻm majburiy badallar undirilgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan 2 292 ta uylar taʼmirlandi.

Jumladan:
- 792 ta uyning 169 ming metr kv tom qismi;
- 1 780 ta kirish yoʻlaklari;
- 957 ta uyning yertoʻlasi va ichki muhandisliktarmoqlari;
- 319 ta uyning fasad qismi;
- 1 575 ta elektr taqsimlovchi shitlar taʼmirlandi.
Bundan tashqari 621 ta temir eshik va  731 ta kodli qulflar oʻrnatildi.
Joriy yilning 1-oktyabrga qadar yana 107 mlrd.soʻm taʼmirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Xususan:
- 3 117 ta uyning 399 ming metr kv tom qismini;
- 2 703 ta kirish yoʻlaklarini;
- 1 044 ta uyning yertoʻlasi va ichki muhandisliktarmoqlarini;
- 397 ta fasad qismini;
- 1 786 ta elektr taqsimlovchi shitlarni taʼmirlash;
- 865 ta temir eshiklar oʻrnatish shular jumlasidandir.

Mazkur ishlarni oʻz vaqtida taʼminlash uchun undirilayotgan badal pullarini birinchi navbatda uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun sarflash lozimligi alohida taʼkidlandi.


Sir emas oxirgi 7-8 yilda hurmatli yurtboshimiz boshchiligida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha koʻplab amaliy tashabbuslarga qoʻl urildi. Xususan, qurilish va uy-joy kommunal sohada ham tub islohotlar amalga oshirilmoqdaki, mazkur ishlar zamirida avvalo xalq manfaati birlamchi vazifa sifatida belgilanmoqda. Barcha dasturlar doirasida oldimizda turgan vazifalarimiz va maqsadli koʻrsatkichlarimiz aniq. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun bizga Rahbariyat tomonidan barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Buning uchun masʼuliyatni oshirishimiz hamda barcha kuch va resurslarimizni safarbar etishimiz kerak. Faqat shundagina natijaga erishamiz”, - deya fikr bildirdi vazir o‘rinbosari D.Adilov. 

Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov,  Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo  masalalari qoʻmitasi raisi Jumayev Nodir Xosiyatovichlar soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yil Davlat maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarining mazmun-mohiyati xususida toʻxtalib oʻtdilar. Xususan, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yurtimiz  rivoji yo‘lida alohida ahamiyatga molik ekanligi alohida ta'kidlandi. 
 
Tadbir qizgʻin muhokamalar va tahliliy fikrlarga boy boʻlmoqda. Yig‘ilish ishtirokchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha mutasaddilardan javob olishmoqda.