UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik normalari va qoidalari, ulardagi muammolarga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi

Tadbir doirasida Texnik me'yorlash va satndartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Xalqaro normalarni uygʻunlashtirish boshqarmasi boshligʻi Azizbek Nurmirzayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik normalari va qoidalari, ulardagi muammolarga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi. 

Unda shaharsozlik normalari va qoidalarini soddalashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek, xalqaro normalar bilan uyg’unlashtirish bo’yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. 

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish bo’yicha Koreyaning KICT instituti bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi. 

Taqdimot yakunida tizimni islohotlashtirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan qonunchilik hujjatlari va unda belgilanayotgan yangi talablar boʻyicha yigʻilganlarning fikr-mulohazalari tinglandi.