Oʻzbekistonda 10 oyda qariyb 120 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan
2023-12-18
Oʻzbekistonda 10 oyda qariyb 120 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda 119,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,2 %ga oshgan.
2023-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 53 050 taga yetgan.