UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning sifati va zilzilabardoshligi boʻyicha jamoatchilikda tugʻilayotgan savollar boʻyicha

Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning sifati va zilzilabardoshligi boʻyicha jamoatchilikda tugʻilayotgan savollar boʻyicha.


"ZILZILABARDOSH UY" mobil ilovasi

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.shaffof.zilzila&hl=uz

 


 

Avvalo, bu borada mamlakatimizda mustahkam normativ huquqiy baza yaratilganligini taʼkidlash kerak. Jumladan, Prezidentimizning 2022-yil 30-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 144-son Farmoni qabul qilingan. Amaldagi hujjatlar asosida qurilish obyektlarida avvalo, insonlarning xavfsizligini taʼminlash boʼyicha muayyan tizim asosida ishlar tashkil qilinadi. Xususan, maʼlum bir obyektning loyihasini tayyorlash uchun dastlab arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari ishlab chiqiladi, soʼng loyiha taklifi arxitektura kengashi tomonidan koʼrib chiqiladi.

 Qayd etish kerakki, respublikamiz hududlari seysmik ball koʼrsatkichlari boʼyicha zonalarga boʼlingan. 

Shundan kelib chiqqan holda bosh rejalarda hududlarda obyektlarni joylashtirishda mazkur seysmik ball koʼrsatkichlari inobatga olinadi. Loyiha tashkilotlari tomonidan ular hududning belgilangan seysmik balidan kelib chiqqan holda loyihalashtiriladi. Bundan tashqari obyektni loyihalashtirishdan oldin u joylashgan yer maydoni boʼyicha topografik tasvir va geologik tadqiqot amalga oshiriladi, shuningdek, grunt tarkibi va xususiyatlari, sizot suvlar sathi va shu kabi boshqa masalalar ham oʼrganiladi. Ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda, obʼektni joylashtirish, uning qavatlar soni, fundamenti, konstruktsiyalari va gabarit parametrlari boʼyicha loyiha yechimlari tanlanadi. Mazkur jarayonlardan keyin obyektlar boʼyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
Bunda esa seysmik xavfsizlik va mustahkamlikni taʼminlashga qaratilgan shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiy amal qilinadi (QMQ – 3.02.01-97, QMQ – 2.02.01-98, QMQ – 2.01.03-19).

 Obyektning loyiha hujjatlari tayyor boʼlgandan soʼng, vakolatli ekspert tashkilotlari tomonidan ekspertizadan oʼtkaziladi. Bunda ham seysmik xavfsizlik va mustahkamlik masalalari boʼyicha alohida koʼrib chiqiladi. Qayd etish kerakki, murakkablik darajasi 4-toifa obyektlari qoʼshimcha ravishda Fanlar akademiyasi huzuridagi Seysmologiya instituti tomonidan ham seysmik ekspertizadan oʼtkaziladi. Ushbu tizim boʼyicha Prezident va Hukumat qarorlari ham qabul qilinib, alohida tartiblar belgilangan.  Obyekt loyihasida seysmik xavfsizlik va mustahkamlik masalalari toʼliq koʼzda tutilganligi boʼyicha ijobiy ekspretiza xulosalari olingach, qurilish ishlarini boshlashga ruxsat beriladi.

 Obyektlarning qurilish jarayonida esa 4 xil turdagi nazorat ishlari yuritiladi.

Yaʼni pudrat tashkilotining ichki nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, buyurtmachi tashkilotining texnik nazorati va Inspeksiyaning davlat nazorati yuritiladi.
Shuningdek, bunda obyektga olib kelingan qurilish materiallari va buyumlar sifati ham nazoratga olinadi. Xususan, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar hududiy inspeksiya huzuridagi maxsus sinov laboratoriyalari tomonidan ham sinovdan oʼtkaziladi. Qurilishi yakunlangan obyektlarda barcha norma va talablar toʼliq bajarilganligi hamda ularda ishlar sifatli bajarilganligi tasdiqlangandan soʼng foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda tegishli dalolatnomalar Inspeksiya tomonidan onlayn elektron tizim orqali tasdiqlanadi. Bu tartib Respublikamizning barcha qurilish obyektlariga taʼluqlidir.