Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qarshi tumanida qurilayotgan universitet binosi monitoring qilindi. Osiyo texnologiyalar universiteti NTM buyurtmachiligida barpo etilayotgan yangi o'quv binosini o’rganish jarayonida quyidagi holatlar aniqlandi:
- obyekt poydevorida bajarilgan quyma temir betonlarning loyihaga mosligi yuzasidan sinov laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi. Shuningdek, ijro hujjatlari va umumiy ishlar jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan.
Mazkur holat yuzasidan texnik hamda ichki nazoratchilarga qoidabuzarlikni bartaraf etish yuzasidan yozma ko'rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.