UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qirgʻiziston Respublikasi Arxitektura qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi delegatsiya tashrif doirasida “ToshkentboshplanLITI” DUK da ham boʻldi

Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Arxitektura qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Davlat agentligi direktori Nurdan Oruntayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif doirasida “ToshkentboshplanLITI” DUK da ham boʻldi.  Mehmonlarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Odilov kutib oldi. Taqdimotda dastlab  “Shaffof qurilish” MAT va uning imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.  Davlatimiz rahbari boshchiligida qurilish sohasini raqamlashtirish, bunda davlat xizmatlarini amalga oshirishdan boshlab, ekspertizadan oʻtgazishgacha boʻlgan jarayonlarning elektron tartibda olib borilishi, tender va tashkilotlar reytingini inson omili ishtirokisiz amalga oshirish jarayonlari qirgʻizistonlik mehmonlarga batafsil tushuntirildi. 

“Shaffof qurilish” negizidagi platformalarning tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi hisobiga amaldagi muammolarni yechish salohiyati delegatsiya aʼzolarining eʼtborini tortdi. 

ekspertiza.mc.uz tizimida shartnomalarning elektron tartibda tuzilishi, murojaatlarning markazlashtirilgan holda, yaʼni hududbay kesimda emas, balki bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ekspertlarga yoʻnaltirilishi sohada manfaatlar toʻqnashuvi xatarlarini minimallashtiradi”, — deya taʼkidladi Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Arxitektura qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Davlat agentligi direktori Nurdan Oruntayev.

Delegatsiya aʼzolariga shuningdek, “Yangi Toshkent” loyihasi ham taqdimot qilindi.  
Mehmonlar Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi sinov laboratoriyasining koʻchma avtomobili imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishdilar. 
Muloqot soʻnggida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid memorandum imzolandi.