UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qorao'zak tumanida pudratchi tashkilot "EKSPERT STROY TRANS" MCHJ tomonidan 33-sonli umumta'lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo'shimcha o'quv binosini qurish obyektida  monitoring ishlari  o'tkazildi va quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • qurilayotgan o'quv binosining 1-qavatida g'isht terish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan;
  • binoning asosiy beton o'zagidagi armokarkas ishlari sifatsiz bajarilagan, ya'ni uning diametrik o'lchamlari belgilangan talablarga to'g'ri kelmaydi;
  • obyektning 1-qavatida orayopma temir beton plitalarni montaj qilish ishlari sifatsiz bajarilgan.

Inspeksiya mutaxassislari tomonidan  qurilish ishlarini normativ hujjatlarga hamda loyiha talablariga qat'iy rioya qilgan holda olib borish bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga "Qurilishda davlat nazorati" milliy axborot  tizimi orqali ko‘rsatmalar berildi va qurilishning mas'ullariga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sifatsiz bajarilgan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.