Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro'yxatdan o'tmagan qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi.
Nukus shahri "Yangibozor" MFY hududida fuqaro I.Qo'shnazarovning savdo va maishiy xizmat ko'rsatish obyekti qurilishi hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi aniqlandi.
Ushbu qonun buzilish holati yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan bir necha marta qurilishni to'xtatish bo'yicha berilgan yozma ko'rsatmalarga qaramasdan fuqaro qurilish ishlarini davom ettirgan, natijada buyurtmachiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etish bo'yicha sudga da'vo arizalari kiritilgan.