UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qozonxonada investitsiya dasturi asosida qayta qurish ishlari olib borilmoqda

Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan "RK-3" qozonxonasi o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar "Qorovulbozor" va Ahillik ko‘chalaridagi 17 ta ko‘p qavatli uy va qator ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlab keladi.  

Ayni kunlarda qozonxonada investitsiya dasturi asosida qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Umumiy qiymati 24,3 mlrd so‘mlik loyiha yaqin kunlarda to‘liq yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha yakuniga yetgach esa mazkur hududdagi ko‘plab ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylar issiqlik enegiyasi bilan qamrab olinib, isitish tizimining sifati ham tubdan yaxshilanadi.