UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilayotgan ko'p qavatli turar-joyda monitoring ishlari  o'tkazildi (Andijon viloyati)

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Andijon shahri "G'ayrat" MFY hududida buyurtmachi "Marin biznes trade"  MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joyda monitoring ishlari  o'tkazildi.

Natijada ushbu obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • binoning “K” blok 8-qavatida bajarilgan zina maydonchalari va "K" blok poydevor qismidagi vertikal gidroizolyatsiya himoya qatlami loyiha talablari bo‘yicha bajarilmagan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas’ul shaxslariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  mazkur obyektning “K” blogini instrumental texnik tekshiruv o‘tkazishga ko‘rsatmalar berildi hamda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar barcha turdagi qurilish-montaj ishlari to‘xtatildi.