“Qurilish loyihalari ijrosini tashkil etish va sohada davlat nazoratining oʻziga xos jihatlari” mavzusida o‘quv mashgʻulotlari
“Qurilish loyihalari ijrosini tashkil etish va sohada davlat nazoratining oʻziga xos jihatlari” mavzusida o‘quv mashgʻulotlari o'tkazildi.
Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatida qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratga masʼul xodimlar, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi xodimlari, Respublika, tuman (shahar) prokurorlari (katta) yordamchilari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari hamda zilzilabardoshlikni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh aʼzolari o'quv mashg‘ulotning amaliy qismida Al Xorazmiy shaharchasida bo‘lishdi.
Amaliy jarayonda ishtirokchilar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligida ko'p qavatli uy-joy qurilishida seysmik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini vizual tekshirish ko‘nikmalarini oshirdilar.