UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

QURILISH-PUDRAT TASHKILOTLARI VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT

 Ma'lumki, quruvchilik katta mas'uliyat talab qiladigan kasb. Tizimdagi elektron reyting va tender jarayonlari haqiqiy hamda tajribali pudrat tashkilotlarini aniqlashda qo‘l kelmoqda. Xususan, reyting elektron platformasida qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlari reytingi tegishli davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Shu orqali ularning ma'lumotlari hamda sohadagi reytingi  shakllantirilib kelinmoqda. 

Bunda loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillarini reyting koʼrsatkichlari yuzasidan o'ylantirayotgan jihatlar, qiziqtirayotgan savol va takliflarga quloq tutish, ularni ochiq muhokama qilish orqali tashkilotlar faoliyatida, qurilish sifatida samaradorlikka erishish mumkin. Ayni shu maqsad yo'lida respublikamizning har bir hududida tashkil etilayotgan ochiq muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, Nukus shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i va sohaga oid yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi ekspertlar, shuningdek,  vazirlik tasarrufidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi mutaxassisi A.Ahmadjonov, Qurilish sohasida tender, reyting va buyurtmachi tizimini metodologik ta'minlash boʻlimi bosh mutaxassisi E.Niyazmatov hamda qator mas'ullar ishtirok etishdi. 

Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting ko'rsatkichlarini aniqlash mezonlari, sohaga tadbiq etilayotgan yangiliklari haqida ma'lumotlarga ega bo'lgach, qurilish tashkilotlari vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Muloqot davomida munosib taklif va mulohazalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.