UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur elektron platforma tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi

Kuni kecha Andijon shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon viloyati qurilish Bosh boshqarmasi, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Andijon viloyat shtabi hamkorligida davra suhbati tashkil qilinib, unda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur elektron platforma tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Yigʻilish savol-javoblar, munozara va foydali muzokaralarga boy oʻtdi.

Platformaga tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Elektron raqamli imzo” orqali roʻyxatdan oʻtib, qurilish resurslari boʻyicha texnik maʼlumotlar va narx parametrlari xususiyatidagi eʼlonlarni joylashtirish imkoniyati mavjud. 

https://catalog.tmsiti.uz/classifier

Hududlar bo'ylab tashviqot ishlari davom etadi.