UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish sohasi vakillari, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan 40 ga yaqin qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari, loyihachilar, kommunal xoʻjaligi vakillari, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. 

Tadbirni vazir oʻrinbosari Toir Alimatov olib borayapti. Ochiq va erkin onlayn muzokarada tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mas'ullarga murojaat qilishmoqda.


Dastlab qurilish ishlarini yakuniga yetkazish uchun kredit mablagʻlari ajratish bilan bogʻliq muammolar mavjudligi aytilgan bo'lsa, yana bir qurilish-pudrat tashkilot tadbirkori tomonidan obyektga tashqi tarmoqlar (elektr, gaz, suv) ulab berilishi bilan bogʻliq muammolari borligini ta'kidlandi.

Uchrashuv davomida 15 ga yaqin murojaat va takliflar ko'rib chiqilmoqda.


Tadbirkorlar SHNQ belgilangan norma va qoidalar, ekspertiza, reyting, qurilishda sifat nazorati, loyihani muvofiqlashtirish, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi boʻyicha duch kelayotgan muammolari yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashmoqdalar. Shuningdek, qurilish ishlarini yakuniga yetkazishda yuzaga kelayotgan masalalar ham muhokama qilindi. 

Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida qurilish korxonalari bilan bir qatorda 83 ta loyiha tashkilotlari mavjud bo'lib, xususan, 90 dan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari ham roʻyxatga olingan.