“Qurilish va uy-joy kommunal sohasida yangicha yondashuvlar” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy anjumani boshlandi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashabbusi bilan “Qurilish va uy-joy kommunal sohasida yangicha yondashuvlar” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.
Unda shaharsozlik, qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
Anjumanning asosiy maqsadi sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, ilmiy yondashuv va innovatsion yechimlarni amaliyotga keng joriy etish, zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish va kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalarini muhokama qilishdan iboratdir.
Tadbir doirasida soha mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar tinglanadi, tajriba almashinuvi va muhokamalar tashkil etiladi.



