UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

“Qurilish va uy-joy kommunal sohasida yangicha yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o’z ishini boshladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan “Qurilish va uy-joy kommunal sohasida yangicha yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o’z ishini boshladi.

Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kirish so’zi bilan ochib berdi.
                                      
- Barchamizga yaxshi ma’lumki, bugun mamlakatimizda qurilish va kommunal sohalariga davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratilmoqda.

Birgina joriy yilda:

- 152 ta shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, shundan 130 tasi tegishli qarorlarga asosan tasdiqlandi;
- pudrat ishlari hajmi 109,1 trln so‘mni (avgust oyi holatiga) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga ko‘paydi;
- qurilish sohasiga oid 169 ta texnik-normativ hujjatlar ishlab chiqildi va eskilari yangilandi;
- energiya tejamkor texnologiyalar, materiallar va loyiha yechimlaridan samarali foydalangan holda 20 tipdagi namunaviy loyihalar qayta ishlab chiqildi. Ushbu loyihalar joriy yilda 404 ta ijtimoiy soha obyeklarida qo‘llanildi;
-nazorat inspeksiyasi tomonidan 28 ming 372 ta obyekt nazoratga olindi va 118 mingdan ziyod monitoring o‘tkazildi. Natijada qurilish normalarini buzgan mutasaddi tashkilotlarga 65 mingdan ortiq yozma ko‘rsatmalar berildi va 5 mingdan ortiq ta’sirchan choralar ko‘rildi;
-kommunal sohada boshqaruv organlari tomonidan 5 374 ta uylarda ta’mirlash ishlari bajarildi.

Mazkur raqamlardan ko‘rinadiki, qurilish va kommunal sohalardagi ishlar ko‘lami yildan-yilga kengaymoqda. Ushbu faoliyatlarni yanada samarali tashkil etishda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani barchaga ma’lum.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Kompetensiyani rivojlantirish instituti sohadagi mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘ziga xos raqamlashgan ta’lim tizimi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish institut oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biridir, - dedi Ozoda Jo’rayeva.