UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Yakkasaroy tumani Salar koʼchasi 207-uy manzilida joylashgan “PROMAX CONSTRUCTION POINT” MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

“PROMAX CONSTRUCTION POINT” MCHJning 2022-yil 28-oktabrdagi arizasiga asosan ushbu manzilda yertoʼla qismida avtoturargoh, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat koʼrsatish boʼlgan koʼp qavatli turar-joy binolariga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilishi uchun ruxsatnoma berilgan.

Mazkur ruxsatnomaga asosan 2022-yil 4-noyabrda Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan va “NPTS MASSHTAB PROYEKT STROY” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlangan. Xususan, hududiy Yong’inga qarshi nazorat xizmati va hududiy Sanitariya epidemiologiya xizmatining ijobiy xulosalarini inobatga olib, Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2023-yil 10-oktabrda xulosa taqdim etilgan.

Bugungi kunda esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga zid ravishda  inspeksiyadan ro’yxatdan o’tmasdan o’zboshimchalik bilan handaq-kotlovan qazish ishlari boshlab yuborilgani aniqlangan.

Mazkur holat bo’yicha 2024-yil 15-fevralda inspeksiya tomonidan mas'ullarga obyekt ro’yxatdan o’tgunga qadar barcha qurilish ishlarini vaqtincha to’xtatish haqida ogohlantirish berilib, hududdagi qurilish-montaj ishlari to’xtatilgani haqida ma’lum qilamiz.