Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Yangiyer shahri va Boyovut tumanlaridagi "Yangi O'zbekiston" massivining qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Azlarjon Sodiqov Yangiyer shahri va Boyovut tumanlaridagi "Yangi O'zbekiston" massivining qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi.
Shuningdek, massivda qurilayotgan ko'p qavatli turar joylarni o‘rganish jarayonida buyurtmachi va quruvchi pudrat tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashib, ularning muammolarini tingladi.
Ular obyektlarga kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish hamda qurilish materiallarining narxi oshib borayotgani bilan bog‘liq muammolarda duch kelishayotganini aytib o'tishdi.
Jumladan, suhbat davomida tashqi kommunikatsiya (isitish, elektr tarmog'ini tortish, ichimlik, oqova suv tarmog'ini va ichki yo‘llarni qurish, gazlashtirish) va obodonlashtirish ishlarini bajarishda alohida mas'uliyat bilan yondoshish kerakligi tushuntirildi.
Xususan, Inspeksiya rahbari o‘rinbosari "Yangi O'zbekiston" massivida qurilayotgan obyektlarni ko‘rib chiqish chog‘ida buyurtmachi va quruvchi pudrat tashkilotlariga jarayonlarni sifatli bajarilishiga ahamiyat berish kerakligi va ularni belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish zarurligi yuzasidan ko'rsatma hamda topshiriqlar berib o'tdi.