UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari joylarda ko’p kvartirali uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi yuzasidan o’rganish ishlarini olib bormoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari joylarda ko’p kvartirali uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi yuzasidan o’rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun vazir o’rinbosari Yangihayot tumanidagi “Trust kommunal” BSKning “Xushnud” mahallasidagi aksariyati yangi bo’lgan 17 ta uylarga xizmat ko’rsatuvchi filiali faoliyati bilan tanishdi. 

Zamonaviy talablar asosida ish boshlagan kompaniya filialining 24/7 dispetcherlik xizmati, lift qurilmalari uchun masofaviy boshqaruv tizimi, qo’shimcha servis xizmatlari ko’zdan kechirildi. 

Shuningdek, Ozoda Jo’rayeva Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Bekmurod Abdullayev, Toshkent shahar hokimi o’rinbosari Baxtiyor Rahmonov va boshqa mutasaddilar bilan ko’p qavatli uylarning texnik holati, kuz-qish mavsumiga tayyorligi, uylarda energosamaradorlikni ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlarni o’rgandilar.

Mahallada aholi uchun yaratilgan sharoit, maishiy xizmat ko’rsatish hamda ijtimoiy soha obyektlar bilan tanishildi.

- Bundan bir necha yil oldin bu hududlar qarovsiz yotar edi. Yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar tufayli mana minglab aholimiz yashaydigan shinam maskanga aylandi. E’tiborlisi, berilayotgan shuncha imkoniyat, qulaylik, sharoitni saqlab qolish uchun mulkdorlarimizning daxldorligini oshirishimiz, oddiygina yashash madaniyatiga amal qilishimiz kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganishlar so’nggida murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholiga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.