UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasidagi ishlar, mavjud muammolar va galdagi dolzarb masalalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasidagi ishlar, mavjud muammolar va galdagi dolzarb masalalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Unda vazirlikning ayni masalalarga daxldor mas'ullari hamda zoom platformasi orqali hududiy boshqarmalar vakillari ishtirok etdi. 

Yig’ilishda dastlab ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalarining imkoniyatlaridan foydalangan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini ish bilan ta'minlash, bunda boshqaruv organlarining qo'shimcha servis xizmatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

- Boshqaruv organlari bugun mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim tarmoq bo'lib shakllanmoqda. Endigi dolzarb vazifamiz kommunal sohada servis xizmatlar tarmog'ini kengaytirish, yashil hududlar barpo etish hamda ushbu maqsadlar uchun ishsiz yoshlarimizni o'qitishga qaratilishi kerak. Bu aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni oldini olishda juda katta ahamiyat kasb etadi,- dedi Ozoda Jo'rayeva

Shuningdek, 2025-yilda boshqaruv organlari tomonidan ko'p qavatli uylarni ta'mirlash dasturlarini ishlab chiqish, bunda har bir hududiy boshqarmalar mas'uliyatini oshirish lozimligi ta'kidlandi. 

Vazirlar Mahkamasining  “Respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashda belgilangan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yilda respublika bo‘yicha 505 ta lift uskunalarini yangilash va 5 ta liftlarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Mazkur yangilanishi rejalashtirilgan lift uskunalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, bunda har bir jihatga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi. 

Yig'ilish davomida o'z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan ba'zi mutasaddilarga ogohlantirish berildi. Aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bog'liq sohada e'tiborsizlik va mas'uliyatsizlikka yo'l qo'yilmasligiga alohida urg'u berildi.