UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida dastlab Dang‘ara tumanining "Targ'ova" mahalla fuqarolar yig‘ini “Yoshlik”ko'chasi hududidagi mavjud muammolar va imkoniyatlar har tomonlama oʻrganib chiqilmoqda. 

Mazkur hudud bo’yicha mas'ullar bilan birga “Mahalla yettiligi”, tadbirkorlar hamda faollarning fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni keskin qisqartirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsad qilingan.

Dangʻara tumanida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga biriktirilgan “Doimobod”,  “Taypoq”,  “Katta turk”,  “Katta boyboʻcha”, “Targʻova” kabi 5 ta mahalla mavjud.

Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” Dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-sonli qaroriga ko’ra mazkur mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash, elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va infratuzilmani yaxshilash kabi ishlar olib boriladi.

O'rganish jarayonida vazir o'rinbosari aholiga munosib sharoit yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidlab, mutasaddilarga belgilangan topshiriqlarni  o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda.