Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov qurilish obyektlarida sifat nazorati yuzasidan Xorazm viloyatida bo'lib turibdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov qurilish obyektlarida sifat nazorati yuzasidan Xorazm viloyatida bo'lib turibdi. Dastlabki o'rganish manzili Urganch tumani Al-Xorazmiy massivida yangi barpo etilayotgan 330-maktab qurilishi bo'ldi.
Xususan, obyektning qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari, olib borilgan texnik hamda mualliflik nazorati xulosalari, qurilishda energotejamkorlik kabi omillar mavjudligi, texnika xavfsizlik talablariga rioya qilinganligi o'rganildi.
Qurilish jarayonidagi ijobiy tomonlar alohida qayd etilib, xavfsizlik talablariga yetarli darajada amal qilinmaganligi, jumladan, ishchilar maxsus kiyim bosh bilan ta'minlanmagan holda ishlar olib borayotgani tanqid qilindi.
Shuningdek, Urganch shahri "Beshmergan" mahallasida joylashgan 11-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari ko'zdan kechirildi.
Mavjud kamchiliklarni oldini olish va qurilish sifatini yaxshilash yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.