UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi  mas'ullari, loyiha tashkilotlari va Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazining hududiy vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda davlat dasturlariga asosan 2024-2025-yillarda Sirdaryo viloyatida qurilishi rejalashtirilgan obyektlarni optimallashtirish choralari xususida so'z bordi.

Davlat dasturi doirasidagi qurilish obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqishdan tortib, qurilish jarayonida ShNQ talablariga amal qilinishi ustidan qat'iy nazoratni o'rnatish, har bir obyektni xalqimizga kutilganidan sifatli, mustahkam hamda o'z vaqtida topshirish darkorligi ta'kidlandi. Jarayonda soha vakillari duch kelayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.