UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Andijon shahrida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov Andijon shahrida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Unda jismoniy va yuridik shaxslarning qurilish va kommunal sohaga oid 20 dan ortiq murojaati qabul qilindi. Xususan, noqonuniy qurilish, kadastr, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash-tiklash yo‘nalishidagi kamchiliklar, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik, tadbirkorlar tomonidan turar-joy binolarida barpo etilayotgan noqonuniy qurilmalar bo‘yicha masalalar qayd qilindi. Mavjud muammoli holatlarga tegishli tartibda yechim topish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilandi. Shuningdek, qabulda kelib tushgan bahsli vaziyatlarni vazirning birinchi o‘rinbosari shaxsan joyiga chiqqan holda o‘rganishini ta’kidladi.

- Soha olib borayotgan islohotlarimiz qachon natija beradi? Qachonki, barcha o‘z mas’uliyatini his qilsa. Raqobat muhitida halol mehnat qilishga tayyor bo‘lgan tadbirkorlarimizga bugun barcha eshiklar ochiq. Bu imkoniyatni suist’emol qilmasligimiz kerak, - dedi Sherzod Hidoyatov.