UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi binosida aholining uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlari vazir o'rinbosari tomonidan qabul qilinib kelinadi

Ma'lumki, haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi binosida aholining uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlari vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva tomonidan qabul qilinib kelinadi. 

Soha bevosita aholining eng zaruriy ehtiyojlari bilan bog'liq. Shu bois undagi muammolar o'z vaqtida bartaraf etilishi shart. Ayni maqsadda o'tkazilib kelinayotgan qabulda jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlariga yechim topiladi.   

Bugungi qabulda ham Toshkent shahri hamda viloyatlardan kelgan 14 nafar murojaatchining ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasi, xususan, boshqaruv tashkilotlari faoliyati, billing tizimi, noqonuniy qurilmalarga doir masalalari qabul qilindi. Barcha muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar joyida belgilanib, manzilga chiqib o'rganish talab etiladigan 3 ta masala qayd etib olindi.   

Barcha mas'ullarga qabulda kelib tushgan murojaatlarni bartaraf etishni qat'iy nazoratga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.