UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida taalluqli soha vakillari uchun uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun mamlakatimizni har jabhasida rivojlanish sur’atlari o’sib bormoqda. Xususan, bunyodkorlik sohasining keng rivojlanayotgani hamda aholiga xizmat ko’rsatish tizimidagi tub islohotlar mazkur yo’naishlarda faoliyat yurituvchi mutaxassislardan yuqori malakani talab etadi. 

Ta’kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida taalluqli soha vakillari uchun uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Mazkur uchrashuvlarda institut rektori A’zamiddin Qo’ldoshev qurilish va kommunal sohada doimiy malaka va ko’nikmalarni oshirish zarurati, uning sohani rivojlantirish yo’lidagi ahamiyati xususida yig’ilganlarga atroflicha ma’lumot bermoqda.

Ayni uchrashuvlarning biri bugun Buxoro viloyatida ham bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi xodimlari, hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, "Yagona buyurtmachi xizmati" IK, pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari, ko’p kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar. 

Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishning bugungi global va zamonaviy dunyodagi ahamiyati, shuningdek, sertifikatlashtirish tartibi va o’quv kurslari bo’yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga institutda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo’yicha atroflicha ma’lumot berildi. 

- Hech kimga sir emas, bugungi kunda qurilish va kommunal sohada o’zgarishlar, yangi qonunchilik hujjatlari, yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi mutaxassislarning malakasiga ham talab kun sayin ortib bormoqda. Chunki raqobat maydonida so’nggi bilim va ko’nikmalar, zamonaviy texnologiyalardan xabari bor xodimlargina rivojlana oladi, - dedi institut rektori A.Qo’ldoshev. 

Ta’kidlash lozim, uchrashuv yig’ilganlar uchun foydali ma’lumotlarga boy o’tdi. Ishtirokchilar soha mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.