UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari qurilish va kommunal sohada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan uchrashuv tashkil etdilar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Qashqadaryo viloyatida bo’lib, qurilish va kommunal sohada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan uchrashuv tashkil etdilar. Unda viloyatda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. 

 Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, prezidentimiz ta’kidlagandek, davlat tashkilotlari tadbirkorlarga to‘siq emas, aksincha, ko‘maklashishi lozimligi aytib o’tildi.  

Shuningdek, tadbirda tadbirkorlik subyektlarining bir qator muammo va takliflari qabul qilindi. 

Xususan, “New cho‘lquvar” BSK rahbari G‘.Xo‘jayev mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ko‘p qavatli uylarni ta’mirlashda ajratiladigan mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv servis kompaniyalariga ajratish lozimligi va bu orqali boshqaruv servis kompaniyalarining moliyaviy ahvoli yaxshilanishini, xususan, hududda sinov tariqasida aqlli uy platformasini ishlab chiqish kerakligi to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirdi.

Tadbirkor Chiroqchi tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini kuz-qish mavsumi kelganligi sababli erataroq boshlashi kerakligi, buning uchun shaharsozlik hujjatlarini belgilangan muddatidan oldin kelishib berishni so’radi.

Ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish bo’yicha tegishli mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi. Mazkur jarayon vazirlik mas’ullari nazoratida bo’lishi alohida ta’kidlandi.