UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari tomonidan Namangan shahridagi boshqaruv kompaniyalari rahbarlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari tomonidan Namangan shahridagi boshqaruv kompaniyalari rahbarlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Unda sohani takomillashtirish yólida olib borilayotgan ishlar, yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati xususida sóz bordi. 

Aholiga xizmat kórsatishni zamon talablari asosida takomillashtirish lozimligi ta’kidlanib, bunda boshqaruv servis kompaniyalarining mas’uliyatini oshirish lozimigi bildirildi. Shuningdek, boshqaruv organlari rahbarlarining faoliyatida uchrayotgan bir qator masalalar tahlil qilinib, ularning murojaat va takliflari qayd etildi.

Shu bilan birga Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vazirligi huzuridagi "Kommunal ta'minot markazi" davlat muassasasi direktori N.Jumaniyozov Namangan shahrida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashib, ularga sohadagi islohotlar bóyicha ma’lumotlar berdi.