UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi (MUNOSABAT)

Toshkent shahri Bektemir tumani "Iqbol" mahallasida qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosidan  xonadon sotib olgan fuqarolarning murojaati yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

2022-yilda mazkur obyektda o'tkazilgan nazorat tadbirlarida qurilish ishlari amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilmagan holda olib borilayotgai aniqlangan. Qurilish-montaj ishlariga mas’ul rahbarga tushuntirishlar berilgan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2022-2023-yillarda inspeksiya tomonidan qurilish ishlarini to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma rasmiylashtirilgan.

Biroq belgilangan ko‘rsatmalar talablariga rioya qilinmagani sababli obyekt qurilishiga mas’ul rahbarga 2022-yilda jarima jazosi qo‘llanilgan. 2023-yilda ham takroriy ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. 

2024-yil 3-aprel kuni Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  noqonuniy qurilgan binoni buzdirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan. 2024-yil 26-sentabr kuni esa Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlar aro sudi tomonidan mazkur da’vo arizasi qanoatlantirilgan.